Maktabga
boramiz. Tugatib kollej yoki litseyga. Qo’limizdan kelsa institutga kirib, oliy
(!!!) ma’lumotli bo’lamiz. Bu bilimlarimiz xayotda moddiy tomondan qiynalmasligimiz
uchun zamin yaratadi, bizning doim ko’makchimiz bo’ladi. Lekin bu bilimlarimiz
hayot beradigan saboqlar oldida, hech narsa emas. Hayotning o’zi bizga ham
murabbiy, ham dars vazifasini o’taydi. Ba’zida inson qilgan hatolardan vaqtida
xulosa chiqaradi, ba’zida esa bunga ulgurmaydi (bahona qiladi).
Hayotning
boshqa o’quv maskanlaridan farqi, u ma’lum bir vaqtni belgilab o’sha vaqtda
kelishni so’ramaydi, har kuni baho qo’ymaydi, sizdan uy ishi so’ramaydi. Bu “o’quv
maskan”i faqat qo’ng’iroq chaladi. Uni eshitish yo anglash sizning qo’lingizda.
Bahoni esa o’zingiz o’zingiz uchun qo’yasiz.
Qo’shnim
Chet
davlatlarning birida qo’shnisining mashinasi darvozasi yonidagi haykalni
sindirgani uchun qo’shnisini otib tashlabdi.
Do’stimiz
bilan devorimiz bir. Bobolarimiz aka-uka tutinganlar ekan. Vaqtlar o’tib,
hayotning taqozosi bilan (xotinlarning janjali) devor tortilgan. Yon qo’shnim
bo’lgani bilan uyiga kirib bir piyola choy ichganimni, to’y-marakalarida hizmat
qilganimni eslashga qiynalardim.
Kunlarning
birida, ishdan kelsam, qo’shnimning iti hovlimizning hamma joyini rasvo qilibdi.
Mushukni quvlaganda. Qanday kirganini hech kim bilmaydi. Ishdan charchab
kelganimga jahlim ham tez chiqdi. Qo’shnimni uyiga kirib bordimda, tilimga kelgan hamma gapni aytdim. Aybi bor odamda. Hech narsa demadi.
Uyimga
qaytdim. Shuncha jahl qilib, yon qo’shnimni so’kib, kerilib qaytdim, huddi
erkakligimni ko’rsatib qo’ygandek. Kech tushdi. Televizorda boyagi xabarni
eshitdim. Kechasi bilan o’yladim. Uxlolmadim. Millatimizga xos qo’shnichilik an’analari,
qolaversa, odamiylikni chetga surib qilgan ishimdan jahlim chiqdi. Erta tong
mashinamni qo’shnimning hovlisi tomonga olib bordim. Kechirim so’radim. Ishiga olib borib
qo’ydim. Ko’nglim tinchidi.
Qo’shnimning
“gul”dek qizini kelin qildim.
Singlim
Arab
davlatlarining birida mukkasidan ketgan “qumorboz” aka singlisini o’yinda
yutqazib qo’yibdi.....
Tug’ilgan
kunga bordim. Ko’pchilik kelibdi. Men bu tanishimni “do’stim” deb nomlay
olmayman. Tanishganimizga uncha ko’p bo’lmagan (men uchun to’rt oy kam). O’tirdik,
Tort yedik. Dasturxon yig’ishtirildi. O’ntacha boladan faqat men nima bo’layotganini
bilmadim, nazarimda. Hamma chiroyli bo’lib joylashdi. Hamma qatori men ham
vaziyatga tushunmay o’rnimni egalladim. “Chaqaloq” qo’lida yangi karta bilan
kirib keldi. Hamma mingtalikni chiqarib qo’ydi. “Men o’ynamayman,”-hech kim so’ramasa
ham javob berdim. O’yin avjida, men tomoshabin. Shayton yo’ldan urdimi, yoki
zerikkanim uchunmi, o’ynagim keldi. Cho’ntagimdan bitta “mingtalik”ni oldim-da,
“Biznesmen” larga qo’shildim. To’rt marta o’ynadimda, piyoda ketmaslik uchun
oxirgi “mingtalik”ni o’yinga tikmadim. Chetga chiqib, yutqizganim alam qilganini
sezdim. Yana zerikishni boshladim. Internetga “kirdim”. Ijtimoiy tarmoqlarning
birida “qimorboz” haqida o’qidim. G’alati
hislarni tuydim. Qilgan ishimning oxiri qayerga olib borishi mumkinligi haqida
o’yladim. Oxirgi pulimni sarflab uyga yetib oldim. Singlim eshikni ochdi: “Akajon,
choy tayyor, sovib qolmasin”.
Ro’zg’orimdan
ortgan pullarni yig’ib singlimning tug’ilgan kuniga katta sovg’a oldim.
Do’stim
Bir kishi
do’stining onasini davolatish uchun uyini sotibdi...
Futbolga
juda qiziqaman. Ba’zida ishimni qo’yib futbol o’yiniga oshiqaman.
Bolalar yig’ildik.
O’sha hammamizga tanish stadionda ikki jamoaga bo’linib o’ynamoqdamiz. Do’stim
jamolardan birida odam kamligi uchun endigina sakkizinchi sinfda o’qiy
boshlagan ukasini ham o’yinga qo’shdi. Havo ham “futbolbop”! Biz hujum
uyushtirayotganda behosdan jamoadoshlarimdan biri do’stimning ukasini ustiga
yiqildi. U yura olmadi. Shifoxonaga olib borganimizda, oyog’i singanini
aytishdi. Biz indamay uyga qaytdik. Hech kimning hayoliga kech bo’lgani-yu, uyga
qaytish kerakligidan boshqa hech narsa kelmadi. Ovqatlanib o’tirganimizda
onajonim qo’shni mahalladagi bir kishining do’stiga yordam berish maqsadida
uyini sotganini aytib qoldi (do’stining onasini davolatish uchun).
Hayolimga
do’stim va uning ukasi keldi. Nahotki, ichimizdan birontamiz unga yordam kerakmi
yoki yo’q ekanligini so’ramaganimizga hayron qoldim. Qo’limdagi uyali aloqa vositasini oldim-da, unga
qo’ng’iroq qildim. U hali ham kasalxonada ekan. Onajonimga bo’lgan voqeani
aytdim. Bir pasdan so’ng onam ovqat solingan banka idish, ikkita issiq non hamda bir
dasta pul berib: “Do’stingni xolini so’rab kelgin,”-dedilar.
Do’stim qo’limdagi
pulni ko’rib juda ham hursand bo’ldi. Qo’limdagi pulni o’zinikiga qo’shib
dorixonaga yugurdi.
Onajonim
Onasini bir
kungina yolg’iz qoldirgan o’g’il radio orqali onasiga salom yo’lladi.
Litseyni
bitirib, institutni tanlash vaqti yetganida poytaxtga kirmoqchiligimni aytdim.
Ota-onam ixtiyorim o’zimdaligini aytishdi. Xursand bo’ldim. Imtihonlar javobi
chiqganida mendan baxtli odam yo’q edi, nazarimda. Yillar o’tib, yoshligimda
olgan bilimlarim va sa’y-harakatlarim natijasida institutni a’lo baholar bilan
bitirdim. O’sha yerda ishda olib qolishmoqchi bo’lishdi. Otamga qo’ng’iroq
qildim. Otam hursand bo’ldilar. Telefondan onamlarning: “Shu yerda ko’z o’ngimizda
ish topilib qolar, qayta qolsin,”-degan gaplari eshitildi. Men esa
xursandligimdan onamning gaplarini eshitmaganlikka oldim.
O’sha o’zimga yoqgan ishda
ishlab yurgan kunlarimdan biri. Kech bo’ldi. Ishimni tugatib ko’chaga chiqdim.
Aftobuslar ko’rinmaydi. “Taksi” ni to’xtatib, manzilni aytdim. Mashinada radio
ovozlari eshitilib turar edi. “Kimga salom yo’llaysiz?”-degan radio suhandoniga
bir kishi quyidagi gaplar bilan javob berdi: “Men kecha hizmat safariga kelgan edim. Onajonim
bilan gaplashishni ilojini topa olmayapman. Sizlarning radiolaringizni doim
eshitadilar. Onajon, zerikmay utiring. Ertaga kechgacha men qaytaman. Siz
yoqtirgan Samarqand nonini olib boraman. Rahmat sizlarga ham.” Haydovchining gapigina
meni xayollarimning daryosidan yana hayotga qaytardi. Uyga borib boyagi “daryoda
yana cho’mildim”. Ikki oy oldin yangi yilda qo’ng’iroq qilganim-u, olti oy
oldin uyimga (unda ham hizmat taqozosi
bilan) borganimni esladim. Qo’ng’iroq qilaymi? Yo’q. Yaxshisi borib kelaman.
Erta tongdan yo’lga tushdim. Oyim yoqtirgan shirinliklarni oldim. Borganimda
uydan hech kimni topmadim. Qo’shnilardan onamning betobligini, hamma shifoxonada
ekanini eshitdim. Dadam onamning hech narsadan hech narsa birdan og’irlashganini
aytdilar...
Men hayotimda bo'lgan barcha sinovlarni esladim. Meni hayot o'zgartirdi. Men "u" ning darslaridan odamiylik, burch, vazifa, shayton, xudbinlik, nafs, bemehrlilik va boshqa tushunchalarni anglab yetdim.
Balkim menga bergan darslarni hammasini vaqtida o'zlashtirmaganim uchun shu ahvolga tushgandirman, balkim qaysidir darsda be'etibor bo'lgandirman. Balkim bu dars keyinroqqa surilgandir. Mening nazarimda, bu dars mana shu onamning betoblikda o'tgan to'rt kun davomida berildi.
Men shu to'rt kunda eng muhim narsalardan yana birini o'rgandim.
Uch-to’rt kundan so’ng olib kelgan shirinliklarim dasturxonga tortildi...
Ishxonadan
qo’ng’iroq qilib ishga “sovuqqonlik’ bilan qaraganim uchun hayfsan e’lon
qilishganini aytishdi. Men esa bo’shashimni aytdim.
Hozir
mahallamizdan uncha uzoq bo’lmagan firmada ish boshqaruvchiman. Har kuni erta
tongda onam duosi bilan ishga borayapman.
Ajoyib tavsirlangan. Rahmat.
ОтветитьУдалить